Internet hamlasi: xavf va himoya

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Ayonki, texnik taraqqiyotni to‘xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi.

Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Read the rest of this page »

Telefonmi yoki?

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Soat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek.

Mashq qilishni boshlarkanman, telefonimdagi vaqt o‘lchagichni yoqaman. Kecha yugurishimga ketgan vaqt bilan bugungisini solishtirishim kerak-da. Soat yettiga yaqinlashar ekan, telefonim yana jiringlab bugungi dars jadvali, rejadagi ishlarimni eslatadi. Read the rest of this page »

TABIATNI ASRASH – HAMMAMIZNING ISHIMIZ

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Respublikamizni toza havo, zilol suv bilan ta’minlovchi Bo‘stonliq tumani muhofazasi uchun qizg‘in kurash ketayotgan bir paytda tarqalgan tashvishli xabar uzoq-uzoqlarga yetib bordi. Bu diyorni bog‘u-bo‘stonlarga burkagan inson Nortoji ota Gulmetov vafot etibdi. Marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish chog‘ida atrofdagi hamma qishloq va posyolkalardan yetib kelganlar Soyliq qishlog‘i xalqi atrofida bosh egib turdilar. Marhumga atalgan qalb so‘zlari sokin qabriston uzra taraldi. Hammaning gapida bitta uyg‘unlik, yagona to‘xtam bor edi: Nortoji ota qaerda va qanday lavozimda ishlamasin, ajoyib bog‘lar yaratdi, o‘zidan o‘chmas nom qoldirdi. U barpo etgan bog‘lar Xo‘jakentda, G’azalkentda, Pargizda, Soyliqda gurkirab yashnab turibdi… Read the rest of this page »

TOZA SUV, TOZA HAVO – SOG’LOM MUHIT

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Oliy Majlisning XIV sessiyasida “O’rmon to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilinadi. Tabiatning bir butunligini, biz ham uning bir parchasi ekanligimizni anglasak, bu qonunning ahamiyatini to‘laroq his qilishimiz mumkin. O’rmon degani esa sof tabiat degani. Ammo biz unga salbiy ta’sir qilmayapmizmi? Bugun o‘rmonlarimizning ahvoli qanday? Bu savollar esa qonun loyihasiga jiddiyroq qarashga undaydi, nazarimizda.
Taqdir taqozosi bilan, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘im – Xondayliqqa to‘rt-besh yil avval qaytdim-u, tabiatga munosabat xususida atrofimda bo‘layotgan hangomalarni ko‘rib ko‘zlarimga ishona olmadim. Qishloqda ichimlik suvi yo‘q, aholi tog‘dan oqib tushuvchi ikki soyning yonariqlar orqali olib kelingan suvidan iste’mol qiladi. Azonda jamiki idishlariga suv to‘ldirib qo‘yadilar-da, tun bo‘yi hamma chiqindilarini xuddi shu ariqlarga ag‘daraverishadi. Go‘yo iflos narsalar o‘zi turgan joydan pastga oqib ketayotgandek, o‘zlari esa top-toza suv ichayotgandek! Holbuki, uning tepasidagi xonadonlar ham aynan shuni takrorlayverishadi. Oqibatda butun qishloq ahli turli chiqindilarga to‘yingan irkit suv bilan bir-birlarini “siylab” yashayveradilar. Ahvol shu darajaga borganki, oqib ketib ulgurmagan chiqindilar ariq yoqalarida baland devorlar hosil qilgan. Turli kasalliklar chaqiruvchi bu iflos narsalar yillar davomida suvga qo‘shilib oqyapti. Read the rest of this page »

Iste’dodsiz tolibi ilmning o‘zi yo‘q!

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Germaniya ta’lim tizimi ana shu oltin qoidaga tayanadi

Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri.  Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn, Gumboldt singari olim va ijodkorlari bilan tilga tushgan.

Xalqaro doirada e’tirof etilgan olmon ta’lim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi. Read the rest of this page »

BOBURSHOH: SHOIR VA ADIB

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari,

yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida

Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor

va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.

Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih,

tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida

ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga

qiziqqanligiga yaqqol misoldir.

Shoh Bobur

Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon

tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo‘lib chiqar… Read the rest of this page »

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in