404 Not Found

Not Found

The requested URL /tags/4.0.1/TopBanner.html was not found on this server.


Apache Server at core.svn.wordpress.org Port 80

BOBURSHOH: SHOIR VA ADIB

sumaz1989 Без рубрики Add comments

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari,

yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida

Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor

va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.

Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih,

tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida

ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga

qiziqqanligiga yaqqol misoldir.

Shoh Bobur

Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon

tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo‘lib chiqar…

U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag‘lubiyatlarning achchiq alamlariyu

zafarlarning ulug‘vor nashidalarini surishni ko‘p marotaba o‘z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug‘

himmatli va oliy maqsadli shaxs bo‘lganligidan Farg‘ona viloyatini kichik joy deb hisoblab,

Samarqandga intildi. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Kobulga keldi va keyin Hindistondek

bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi.

Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi:

muhtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga

homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk

 

farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat

arbobi Javohirla’l Nehru o‘zining «Hindistonning ochilishi» va «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘liq ushbu fikrlarni izhor etgan:

«Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor

odam bo‘lgan.

Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U

mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’at va, ayniqsa,

adabiyotni sevardi».

Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin Muhammad Boburning Sulton

Ibrohim Lo‘diy bilan bo‘lgan tarixiy muzaffarona jangi manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi

muzeyda ko‘rarkan, ulug‘ hind xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo‘ladi.

Yoki Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi «La’lbog‘-qal’a» tarixiy muzeyiga kirib Bobur va

boburiylarga bag‘ishlangan xonalarni kezarkan, Bobur va uning vorislariga tegishli kiyimlar, uyro‘

zg‘or buyumlari, harbiy qurol-aslahalar, Ustod Aliquli quygan toshotar to‘plar, miltiqlar — tufaklar,

sovut, qilich-qalqonlar, dubulg‘a, ot kejimlarini(o‘q va qilich zarbasidan himoya qiluvchi yopinchiqlar),

o‘sha davr kishilarini o‘z zamonlari liboslarida tomosha qilgan kishi Hindiston va Bangladesh

xalqlarining Bobur va boburiylarga bo‘lgan hurmatlarini yorqin tasavvur eta oladi.

Bu moziygohda bo‘lgan adib Qamchibek Kenja «Andijondan Dakkagacha» nomli safarnomasida

hayajonini yashira olmay yozadi: «Hindiston va Pokiston shaharlarida ko‘p moziygohlarda, jumladan,

Haydaroboddagi mashhur Solarjang, Lohurdagi milliy muzeylarda bo‘lgan edik. Lekin Sharq olamining

olis bir chetida faqat va faqat boburiylar hayoti, ularning podsholik faoliyatiga oid yagona, maxsus

muzeyni ko‘ramiz, deb sira o‘ylamovdik».

Hindiston va Bangladeshda Bobur va boburiylar saltanati shunchalik qadrlanishidan Bobur va

vorislarining podsholiklari bu yurtlarda xayrli chuqur iz qoldirganligi ma’lum bo‘ladi.

«Boburnoma»ning kotibi Boburning ulug‘ podshohlarga xos sakkiz shaxsiy fazilatini qayd etgan:

«Va maholdurkim, ul podshohi qobilning yaxshilig‘larini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin

mujammal bukim, sekkiz sifati asil aning zotig‘a muttassil edi: birisi bukim, najhati baland edi;

ikkimchisi, himmati arjumand edi; uchimchisi, viloyat olmog‘; to‘rtumchisi, viloyat saxlamog‘;

beshumchisi, ma’murlug‘; oltimchisi, rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a; yettimchisi, cherikni

ko‘ngli(ni) qo‘lg‘a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq».

(Matn tabdili: «U qudratli podshohning yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan tugatish

maholdir. Lekin qisqasi buki, sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri bukim — iqboli baland edi;

ikkinchisi — himmati yuksak edi; uchinchisi — viloyat olmoq; to‘rtinchisi — viloyat saqlamoq;

beshinchisi — ma’murlik; oltinchisi — Olloh bandalariga farovonlik niyati; yettinchisi — lashkar

ko‘nglini qo‘lga olmoq; sakkizinchisi — adolat qilmoq».)

Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSh sharqshunos-tarixchi olimlari diqqate’tiborini

o‘ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur Yuliy Sezar bilan

qiyoslashni lozim topadi: «Bobur fe’l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning

manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan».

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida roman yozgan

«Boburnoma»ning ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday

baholaydi:

«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli

shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh

topilmaydi».

Bobur — sohibdevon sohir shoir

Bobur shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz so‘z san’atkori, shoir va

 

3

adibdir. Badiiy mahorat bobida biror o‘zbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. She’riyat

uchun xos bo‘lgan bir necha zaruratlar: nuktapardozlik(yangi fikrlar ayta olish mahorati), jozibali

badiiy san’atlardan me’yorida ustalik bilan foydalanish sehrgarligi va ehtiros jo‘shib turgan rangin

tuyg‘ular talqini boburona samimiy she’riyat fazilatlaridir. Buning ustiga uning mumtoz she’riyatga

dadil kiritgan tarjimaihollik xususiyati ham Bobur she’riyatini alohida nurlantirib turadi. Ana shu

keyingi xususiyat shoirning vatanparvarlik tuyg‘ulariga jon bag‘ishlaydi. U ona shahri, Vatani

sog‘inchlarini she’rda ifodalar ekan, Hindiston shahanshohi beixtiyor o‘zining andijonlik g‘aribligiga

kitobxon e’tiborini tortadi:

Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,

G‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim, andijoniydur.

Shoirona yurtsevarlik, vatanfidoyilik Bobur shaxsida shunchalik tantana qiladiki, buyuk imperator

Bobur endi Andijondan yiroqlikni, garchi bu martaba Hindiston taxti bo‘lsa ham, qismatdagi yuz

qarolig‘, deb hisoblaydi:

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?!

She’r ta’sirchanligini ta’minlagan fikriy kashfiyot: tolesizlik, jonga balo orttirishlik, xato qilishlik,

yuzi qarolik — bularning hammasi o‘z yurtidan bosh olib ketishda, g‘ariblikni bo‘yinga olishdadir.

Kechagina Bobur o‘zining Kobulga tashrifi vaqtinchalik ekani, hamishalik(muqim) emasligiga iqror

bo‘lgan edi:

Beqaydmenu xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.

«Kobulda iqomat qildi Bobur» dersiz,

Andoq demangizki, muqim ermasmen.

Hech bir shoir Vatandan yiroqlik fojiasini Boburchalik ko‘ptomonlama va ta’sirchan ifodalay

olmagan bo‘lsa kerak.

Bobur g‘azallarining asosiy mavzusi oshiqona ehtiroslar, mushtoqliklar, yolvorishlar, iztiroblaru

kuyib-yonishlardir.

Oshiqning mahbubaga iltijosi talqinida tazod usulida yigit yuzining kuzgi yaproqdek sarg‘ishu,

suluvning lola yuzi qirmiziligiga diqqat tortilgani ta’sirchan:

Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,

Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim!

Oshiqona munosabatlarning Bobur topgan ajabtovur ziddiyatiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q:

oshiqning mahbubasi ayrilig‘iga sabr qilishi juda mushkul. Biroq uchrashuvda — visolda ham ularning

chiqishmoqliklari bundan-da mushkulroq:

Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,

Sening birla chiqishmoqlik dog‘i bisyor mushkuldur.

Chunki:

 

4

Mizojing noziku sen — tund, men — bir beadab telba,

Senga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur!

She’rda nur va soyalar jilvasi, ya’ni ma’no jihatidan qarama-qarshi so‘zlarni qo‘llash ta’sirchanlikni

ta’minlovchi omillardan bo‘lib, buni tazod(zidlov) san’ati deyiladi. Odatda, baytda bir-biriga zid ma’noli

ikki so‘z ushbu san’atning misralardagi ko‘rsatkichi bo‘ladi.

Bobur tazod san’atidan foydalanishda mahorat ko‘rsatib, zid ma’noli ikki so‘zni emas, to‘rt so‘zni

emas, olti so‘zni bir baytda qarama-qarshi ma’nolarda tiza oladi:

Netgaymen ul rafiq bilakim, qilur base,

Mehru vafo — raqibg‘a, javru jafo — menga.

Baytdagi o‘zaro zid ma’noli tazod ko‘rsatkichlarini tizib ko‘raylik:

rafiq — raqib;

mehr — javr;

vafo — jafo.

Oshiqqa jafokor, raqibga lutf-marhamatli ofatijon mahbubaning fe’l-atvori ana shunday zidlov

usulida bir baytdayoq oydinlashadi.

Alisher Navoiy badiiy tasvir vositalaridan iyhom san’atining «xossa ma’no» ifodalovchi unsurligini

qayd etgan edi. Bobur she’riyati baytda bir yoki ikki so‘zni ikki ma’noda qo‘llash san’ati bo‘lgan iyhomga

juda boydir. Chunonchi, uning quyidagi baytida «so‘rorim bor» birikmasi so‘ramoqchiman va

so‘rmoqchiman ma’nolarida qo‘llangan:

Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zumdin yosh ravon qildi,

Nega holim yomon qildi, men ondin bir so‘rorim bor.

Bugina emas, hatto tarjimaihollik xususiyati singdirilgan ushbu ruboiyning to‘rtinchi misrasini

quyidagidek to‘rt xil talqin qilish mumkinki, Boburning o‘zi qaysi misra ma’nosini nazarda tutgani

kitobxonga jumboqligicha qoladi:

Hijronda, sabo, yetti falakka ohim,

Gar ul sori borsang, budurur dilxohim

Kim, arzi duo niyoz ila qilg‘oysen,

1. Gar so‘rsa men xastani gulrux mohim.

2. Gar so‘rsa men xastani gulrux Mohim.

3. Gar so‘rsa men xastani Gulrux mohim.

4. Gar so‘rsa men xastani Gulrux, Mohim.

Zero, mumtoz adabiyotning mumtozligi ham so‘z, birikma va misralarning turfa ma’no

tovlanishlari va ko‘pma’noliligi, o‘quvchini fikr yuritishga rag‘batlantirishi bilan izohlanadi.

Ma’lumki, Bobur farzandlarining onalari Gulruxbegim va Mohimbegim edilar. Shuning uchun

ruboiy so‘nggi misrasining qolgan uch mazmunini yuzaga chiqarishga urindik.

Harfiy badiiy tasvir vositalaridan jozibalisi va murakkabrog‘i istixroj san’atidir. Buni tasavvur etish

uchun avval oddiy istixrojga Bobur ijodidan misol keltiraylik:

Qadding alifu, qoshing erur yo,

Desam ne ajab agar seni oy?

 

5

Oshiq sevgilisining qomatini alifga, qoshini yo harfiga o‘xshatib, uni «oy» deb da’vo qilmoqda.

Zotan, alif, yo harflaridan oy so‘zi hosil bo‘ladi…

Endi harf aytilmaydigan murakkab istixroj qatnashgan bayt namunasini ko‘raylik:

Og‘ziyu ikki zulfu qadi bo‘lmasa manga,

Rayhonu sarvu g‘uncha ko‘rardin maloldur.

Adabiy an’anaga ko‘ra og‘iz «mim» harfiga, zulf «lom» harfiga va qad — «alif» harfiga o‘xshaydi.

Ana shuni nazarda tutgan holda harflarni tizsak, eski yozuvda matndagi «malol» so‘zi hosil bo‘ladi.

Ko‘pincha mutaxassislar ham istixrojning bu turini hadeganda ilg‘ayvermaydilar. Chunki hozirgi

baytda tahlilchi diqqatini avvalo og‘izni g‘uncha, zulfni rayhon, qadning sarvga o‘xshashligi sistemasi

o‘ziga tortadi va u beixtiyor baytdan laf va nashr san’atini kuzatadi.

G‘azallarining asosiy qismi o‘ta sodda, mislsiz mahorat bilan bitilgan sahli mumtane’ mahsulidir:

Ey yuzi nasrin, qomati shamshod,

Necha qilursen jonima bedod?

Sen kibi purkor, shevasi bisyor,

Bilmadi, ey yor, hech kishi yod.

Javrda nodir, zulmda mohir,

Ishvada qodir, g‘amzada ustod.

Yor g‘amidin, hajr alamidin,

Sabr kamidin nolayu faryod!

Boburi bedil, ey buti qotil,

Javrunga moyil, zulmunga mu’tod.

Sahli mumtane’ — ko‘rinishidan oson, jo‘ngina tuyuladigan, aslida esa, bunday yoza olish juda

murakkab bo‘lgan antiqa bayon uslubidir. Bu uslubni biz Bobur va Mashrab ijodidagina kuzatamiz,

xolos. Yuqoridagi g‘azal bichimi kishi egnida tarang turadigan nafis ustki kiyimni eslatadi. An’anaviy

tashbeh bichim tarangligi tufayli o‘zgacha ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Qisqa misralarning ichki qofiyalar

bilan ta’minlangani, ularning har birini yana ikki bo‘lakka bo‘ladi. Natijada bayt tinglovchida to‘rtlik

kabi taassurot qoldiradi. Bu esa jarangdorlikni yanada kuchaytiradi:

Javrda nodir,

Zulmda mohir,

Ishvada qodir,

G‘amzada ustod.

Shu birgina baytning poetik fazilatlarini bir daftar qilib sharhlasa arziydi. Ikkitagina misrada

yaratilgan ma’shuqa timsoli fe’l-atvorining ko‘pqirraliligiga e’tibor beraylik. Yangicha poetik shakl

mo‘’jiza sodir etib, an’anaviy fikrlarga yangidan jon ato etgan, zalvor bergan, ohorli qilgan. Ulkan

polotno miniatyuraga nisbatan ta’sirchan ekanligi san’atshunoslikda ma’lum. Ammo Bobur shu

ta’sirchanlikni teskari amaliyotda yuzaga chiqargan.

Ulkan polotno — dostonlardagi tasvirni jajji bayt — miniatyura holatiga keltirib mo‘’jiza yaratgan.

Shu birgina baytda shoir ishvada qudratli, g‘amza qilish(ko‘z suzish)da ustoz darajasidagi,

 

6

jabrning ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan xillarini oshiq boshiga sola oladigan, zulmni mohirlik bilan

o‘tkaza oladigan mahbuba siymosini yarata olgan.

Bobur jozibali mumtoz g‘azallar ijodkorigina emas, u ruboiy janrida ham o‘z shaxsiy uslubini

namoyish eta olgan ulkan san’atkordir. O‘zbek mumtoz adabiyotining ruboiy janri rivojida Boburning

o‘rni alohidadir.

Falsafiy va tasavvufiy ruboiychilikda Umar Xayyom fors adabiyotida peshvo bo‘lganidek, Bobur

o‘zbek adabiyoti ruboiychiligida ikki jihatdan: ruboiylarining ko‘pligi va ruboiyga tarjimai holga doir

detallarni singdirgani bilan boshqa mumtoz shoirlarimizdan ustun turadi.

Bobur bu kichik lirik janr namunalarida o‘z ismi, goh vafodor xotinlari — Mohimbegim va

Gulruxbegim, goh o‘g‘li Komron, goh xushovoz hofizi Ruhdamning ismi shariflarini muhrlagan. Shunisi

e’tiborliki, Bobur ruboiylarining mavzulari g‘oyat xilma-xil. Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy,

diniy-tasavvufiy, sevgi-muhabbat, do‘stlik-totuvlik, hayotga muhabbat, yoru diyor, nifoq va

noittifoqlik, jo‘mardlik va tantilik, hayotdan to‘yib ketish va dalli-devonalik singari talqinlar ma’naviy

teranligiyu tabiiyligi bilan o‘quvchini mutolaaga moyil etadi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, «Vaqoe’»(«Boburnoma») Bobur sarguzashtlarining voqeiy

tarixiy lavhalaridan iborat bo‘lsa, uning ruboiylari ana shu qomusiy asarga o‘ziga xos ilovadir. Zotan,

«Boburnoma» voqealar bayoni bo‘lsa, ruboiylar o‘sha voqealar ishtirokchisi Boburning his-tuyg‘ulari

g‘alayoni ifodasidir.

Tarjimai holning ruboiy yoki g‘azalga daxli badiiy matnga hujjatlilik baxsh etadi; hujjatlilik esa

umumiylikdan ko‘ra ta’sirchanlikda ustunlik qiladi. Chunki kitobxon umuman lirik qahramondan ko‘ra,

Boburning o‘zini yurakka yaqinroq oladi.

Shunisi diqqatga sazovorki, muayyan ruboiyda, yuzaki qaraganda, tarjimai holga doir hech

qanday belgi ko‘rinmaydi. Agar biz unga adabiyotshunosning o‘tkir ko‘zi bilan boqib, tadqiq eta

boshlasak, u ruboiyning kimga atalgani va uning isbotini ham manzur etishimiz mumkin. Chunonchi,

Boburning:

Ash’oringkim, she’r oti to bo‘lg‘ay,

Tab’ ahli anga volau shaydo bo‘lg‘ay.

Har lafzi duru bahri maoni anda

Kim ko‘rdi dureki anda daryo bo‘lg‘ay?! —

ruboiysini o‘qiganimizda gap kim haqida borayotganini aniq bilmaymiz.

O‘ylaymiz: u qanday buyuk shoir ekanki, dunyoda to she’r oti bor ekan iste’dodli shoiru adiblar

uning she’rlariga maftun va shaydo bo‘ladilar?

Bobur — qattiqqo‘l adabiyotshunos. U kimni bunday ulug‘ maqtovlar bilan siylamoqda?

«Boburnoma»dagi quyidagi satrlarni ko‘z oldimizga keltiramiz:

«Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘b va xo‘b

aytqon emas…»;

«Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg‘anda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobati ham

kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turkiy bayt aytib, bitib yiborib edim».

Balki, Bobur yozgan maktub varag‘ining «orqasida bayt aytib, bitib yibor»gani shu ruboiydir?

Isboti shuki, olamdagi biror shoir «Men gavharga dengizni joylaganman» demagan. Alisher

Navoiy esa ana shu gapni aytgan:

Dur bo‘lur bahr ichra pinhon nazmidin shah madhida,

Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.

Bobur yuqoridagi baytda daho ustozning ushbu baytiga ishora qilib, talmeh san’atining riyoziy

namunasini qo‘llagan. Demak, ruboiy Alisher Navoiyga atalgan bo‘lishi mumkin ekan…

 

7

Bobur – adabiyot nazariyotchisi

Bobur shoirgina emas, yirik adabiyot nazariyotchisi hamdir. She’rshunoslikda aruz vazni

masalasi hamisha asosiy va dolzarb bo‘lgan. Nega shoh Bobur bu sohaga juda qiziqadi? Gap

shundaki, she’riyatda ko‘p vazn qo‘llash hodisasi muayyan ma’noda shu adabiyot nufuzi va saviyasini

belgilaydi.

Hatto Husayn Boyqaro devonidagi g‘azallar bir vaznda yozilganini maxsus qayd etar ekan, bu

holni Bobur ijobiy hodisa deb qaramagan.

Boburgacha o‘zbek tilida aruz ilmiga doir ikki risola yozilgan. Birinchisi — Shayx Ahmad bin

Xudoydod Taroziyning «Funun ul-balog‘a»(1436/37) asari bo‘lib, bundagi to‘rt ilmning biri aruzdir.

Ikkinchisi — Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridir. Bu risolada 140 vazn haqida ilmiy

ma’lumot berilgan.

Navoiyning «Funun ul-balog‘a» asaridan xabari bo‘lmagan ko‘rinadi. Bobur o‘zbek tilidagi

aruzshunoslikning bu manzarasidan yaxshi xabardor bo‘lgani uchun undan qoniqmagan va bu sohaga

hissa qo‘shishga shaylangan.

«Boburnoma»ni ko‘chirgan kotib Boburning aruz risolasi nomini «Mufassal» deb ko‘rsatadi.

Darhaqiqat, Bobur bu risolani shunday yozganki, unda asl, furu’ va zihoflar yuzasidan ishlab chiqilgan

537 vazn miqdoriga ahamiyat berilsa, tadqiqotning bejiz «Mufassal» deb atalmaganiga amin bo‘lamiz.

Ushbu ma’lumot kelgusida Boburning aruz risolasi nomini turli nashrlarda va maktab adabiyot darsliklarida

«Mufassal» tarzida e’lon qilinishini taqozo etadi…

Leave a Reply

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in