Internet hamlasi: xavf va himoya

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Ayonki, texnik taraqqiyotni to‘xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi.

Hozirgi zamon yoshlarining 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Read the rest of this page »

Telefonmi yoki?

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Soat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek.

Mashq qilishni boshlarkanman, telefonimdagi vaqt o‘lchagichni yoqaman. Kecha yugurishimga ketgan vaqt bilan bugungisini solishtirishim kerak-da. Soat yettiga yaqinlashar ekan, telefonim yana jiringlab bugungi dars jadvali, rejadagi ishlarimni eslatadi. Read the rest of this page »

TABIATNI ASRASH – HAMMAMIZNING ISHIMIZ

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Respublikamizni toza havo, zilol suv bilan ta’minlovchi Bo‘stonliq tumani muhofazasi uchun qizg‘in kurash ketayotgan bir paytda tarqalgan tashvishli xabar uzoq-uzoqlarga yetib bordi. Bu diyorni bog‘u-bo‘stonlarga burkagan inson Nortoji ota Gulmetov vafot etibdi. Marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish chog‘ida atrofdagi hamma qishloq va posyolkalardan yetib kelganlar Soyliq qishlog‘i xalqi atrofida bosh egib turdilar. Marhumga atalgan qalb so‘zlari sokin qabriston uzra taraldi. Hammaning gapida bitta uyg‘unlik, yagona to‘xtam bor edi: Nortoji ota qaerda va qanday lavozimda ishlamasin, ajoyib bog‘lar yaratdi, o‘zidan o‘chmas nom qoldirdi. U barpo etgan bog‘lar Xo‘jakentda, G’azalkentda, Pargizda, Soyliqda gurkirab yashnab turibdi… Read the rest of this page »

TOZA SUV, TOZA HAVO – SOG’LOM MUHIT

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Oliy Majlisning XIV sessiyasida “O’rmon to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilinadi. Tabiatning bir butunligini, biz ham uning bir parchasi ekanligimizni anglasak, bu qonunning ahamiyatini to‘laroq his qilishimiz mumkin. O’rmon degani esa sof tabiat degani. Ammo biz unga salbiy ta’sir qilmayapmizmi? Bugun o‘rmonlarimizning ahvoli qanday? Bu savollar esa qonun loyihasiga jiddiyroq qarashga undaydi, nazarimizda.
Taqdir taqozosi bilan, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘im – Xondayliqqa to‘rt-besh yil avval qaytdim-u, tabiatga munosabat xususida atrofimda bo‘layotgan hangomalarni ko‘rib ko‘zlarimga ishona olmadim. Qishloqda ichimlik suvi yo‘q, aholi tog‘dan oqib tushuvchi ikki soyning yonariqlar orqali olib kelingan suvidan iste’mol qiladi. Azonda jamiki idishlariga suv to‘ldirib qo‘yadilar-da, tun bo‘yi hamma chiqindilarini xuddi shu ariqlarga ag‘daraverishadi. Go‘yo iflos narsalar o‘zi turgan joydan pastga oqib ketayotgandek, o‘zlari esa top-toza suv ichayotgandek! Holbuki, uning tepasidagi xonadonlar ham aynan shuni takrorlayverishadi. Oqibatda butun qishloq ahli turli chiqindilarga to‘yingan irkit suv bilan bir-birlarini “siylab” yashayveradilar. Ahvol shu darajaga borganki, oqib ketib ulgurmagan chiqindilar ariq yoqalarida baland devorlar hosil qilgan. Turli kasalliklar chaqiruvchi bu iflos narsalar yillar davomida suvga qo‘shilib oqyapti. Read the rest of this page »

Iste’dodsiz tolibi ilmning o‘zi yo‘q!

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Germaniya ta’lim tizimi ana shu oltin qoidaga tayanadi

Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri.  Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablari, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn, Gumboldt singari olim va ijodkorlari bilan tilga tushgan.

Xalqaro doirada e’tirof etilgan olmon ta’lim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o‘z o‘rniga ega bo‘lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan ta’lim dargohlarida shakllanadi. Read the rest of this page »

BOBURSHOH: SHOIR VA ADIB

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari,

yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida

Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor

va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.

Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih,

tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida

ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga

qiziqqanligiga yaqqol misoldir.

Shoh Bobur

Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon

tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo‘lib chiqar… Read the rest of this page »

Bilim olish kafolatlari

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Demokratik jamiyat qurishni maqsad qilgan davlatning demokratlashuviga xos xususiyatni ko‘rsatuvchi shartlardan biri — insonning huquq va erkinliklari qonuniy tus olishi hamda uni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratilishidir. Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdan maqsad — avvalo har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini, jumladan, bilim olish huquqini ta’minlashdan iborat.

Shu ma’noda, Konstitutsiya fuqarolarning bilim olish huquqini kafolatlashda asosiy hujjat hisoblanadi. Uning 41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», degan qoida mustahkamlangan.

Aytish mumkinki, bugungi kunga kelib, yurtimizda bu borada katta ishlar qilindi, fuqarolarning bilim olish huquqini kafolatlovchi o‘ziga xos samarali mexanizm yaratildi. Jumladan, fuqarolarning bilim olish huquqini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari tizimi shakllandi, shuningdek, sohadagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlar tashkil topdi.

Read the rest of this page »

ТДТУ ҳузуридаги 5-сонли академик лицейи ҳақида умумий МАЪЛУМОТ

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

“Таълим ислоҳоти бизни демократик ўзгаришлар, янги жамият барпо этиш йўлидан дадил етакловчи, барчамизни ҳаракатлантирувчи ички куч бўлмоғи зарур. Ҳар биримизга беш бармоқдай аён бўлсинки, таълим ва тарбия тизимини ўзгартирмасдан туриб, одамлар онгини, демакки, уларнинг турмуш тарзини тубдан ўзгартириш мумкин эмас”
И.А.Каримов

Тошкент давлат техника университети ҳузуридаги 5-сонли академик лицейи 1997 йил Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлигининг 210-сонли ва Халқ таълими вазирлигининг 165-сонли қўшма буйруғига асосан Тошкент давлат авиация институтининг 1997 йил 5 сентябрдаги 93-сонли буйруғи билан “Авиа лицей” сифатида ташкил этилган.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2008 йил 18 июндаги      134-сонли қарори ва Ўрта махсус касб-ҳунар таълими Марказининг 2008 йил                2 июлдаги 110-сонли буйруғи билан таълим муассасаси Тошкент давлат техника университети ҳузуридаги 5-сонли академик лицей деб қайта номланган.
Академик лицей биноси 2007-2008 ўқув йилида қайта реконструкция қилинган (янги қурилиш йўли билан ташкил этилган). Қуввати 450 ўринли.
Манзил: Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Аэроплан кўчаси 49 уй.

Read the rest of this page »

МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ОБУЧЕНИИ МАТЕМАТИКЕ

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

Фазыловой Гелены Анваровны, преподавателя математики Академического лицея № 5 при Ташкентском государственном техническом университете.

Стремительное развитие ИКТ (информационно-компьютерных технологий) ориентируют преподавателя на развитие профессиональной ИКТ-компетенции, под которой понимается готовность преподавателя решать профессиональные задачи в условиях информационного общества.
Обучение математике есть дидактическое целесообразное сочетание обучения и деятельности с использованием ИКТ, где средства информационных технологий выступают как мощный помощник преподавателю в управлении познавательной деятельностью обучаемых.
Известно, что основная цель изучения какой-нибудь теории состоит в том, чтобы научиться ее применять. Используя педагогические возможности ПК, можно значительно повысить эффективность основных аспектов математической деятельности и логических приемов мышления. Применение ИКТ позволяет повысить качество таких видов мыслительной деятельности обучающихся как структурирование и систематизация, которые относятся к логической организации математического материала. Основная цель состоит в разработке методики использования инновационных технологий  при обучении учащихся методике решения основных задач алгебры и начал анализа; содействовать становлению специальных профессиональных компетентностей в области математического знания  и информатики; изменить роль средств обучения, используемых при преподавании математики и учебной среды, в которой происходит процесс обучения, на основе использования инновационных технологий. Эта цель достигается при применении:
теоретических положений, лежащих в основе компьютерной дидактики, элементами информационной и математической культуры, системой профессиональной ИКТ-компетенции учащегося, методикой использования ЦОР на различных этапах дидактического цикла образовательного процесса по указанным темам курса математики,  системой компьютерных тестов для промежуточного  и итогового контроля  качества знаний обучаемых, образовательными ресурсы Интернет для обучения рассматриваемым разделам курса математики, методикой организации самостоятельной работы обучаемых в ИКТ-насыщенной образовательной среде.
Инновационность по целям обучения: Формирование математической культуры в условиях информационного общества, профессиональной ИКТ-компетенции учащихся.
Обучение математике как дидактическое целесообразное сочетание обучения и деятельности с использованием ЦОР, где средства новых информационных технологий выступают как мощный помощник преподавателю в управлении познавательной деятельностью обучаемых.
Инновационность по содержанию обучения: Использование коммуникационных технологий способствует совершенствованию методической системы обучения и ее компонентов: целей, содержания, методов, организационных форм и средств. Постепенное изменение целей обучения приводит к необходимости обучения учащихся решению не только стандартных, но и нестандартных задач, которые нельзя отнести к классам алгоритмически разрешимых. Усиление логической и прикладной направленности курса математики, развитие логического мышления обучающихся.
Инновационность по методам обучения: Педагогические возможности ПК позволяют эффективно использовать современные методы при обучении математике: Read the rest of this page »

TDTU huzuridagi 5-sonli akademik litsey

sumaz1989 Без рубрики No Comments »

“Ta’lim islohati bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo’lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’i zarur. Har birimizga besh barmoqday ayon bo’lsinki, ta’lim va tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini tubdan o’zgartirish mumkin emas.”
I.A.Karimov

Akademik litseyimizda barkamol insonni voyaga yetkazish, zamon talablariga labbay deb javob bera oladigan, kelgusida oliy o’quv yurtlariga kirib o’qishlarini davom etdirishga loyiq yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sizdan faqat Ona Vatanimiz tomonidan ko’rsatilayotgan katta e’tibor va g’amxo’rlikka labbay deb javob berish, sidqidildan ta’lim-tarbiya olish, ota-onangiz va Vataningiz oldidagi farzandlik burchingizni a’lo darajada bajarish talab qilinadi.

1997 yilda Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 210-sonli va Xalq ta’limi vazirligining 165-sonli qo’shma buyrug’iga asosan Toshkent davlat aviasiya institutining 1997 yil 5 sentyabrdagi 93-sonli buyrug’i bilan “Aviya lisey” tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 iyundagi 134-sonli qarori va O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 2 iyuldagi 110-sonli buyrug’i bilan ta’lim muassasasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 5-sonli akademik litsey deb qayta nomlangan.

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Log in